Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini tugatdimi? Argentinalik futbolchi javob berdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Spartak» (Moskva) yarim himoyachisi, argentinalik futbolchi Esekiel Barkoning fikricha, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Ispaniyaga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1, qo‘shimcha daqiqalarda) 2026 yildgi jahon chempionati finali unga terma jamoa safidagi so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin. 
 

«O‘ylaymanki, jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi o‘yin, ehtimol, Messining terma jamoadagi oxirgi o‘yini bo‘ldi. Albatta, hamma Messi balki, davom etar, deb kutyapti. Lekin menimcha, u allaqachon yetarlicha ish qildi. U tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Albatta, hammamiz juda xafamiz, juda afsusdamiz. Lekin, ehtimol, bu uning terma jamoadagi so‘nggi o‘yini edi», — dedi Barko.
 

Messi JCH-2026da jami sakkizta o‘yin o‘tkazdi. 39 yoshli futbolchi hisobida sakkizta gol va to‘rtta golli uzatma mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!