Messi "Barsa"ga qaytadimi, "Real" ikkita super transfer amalga oshirishga yaqin, Zidan ishga qaytishi mumkin yoxud hafta dayjesti!

  • 10 mart, 2023, 21:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Messi "Barselona"ga qaytadimi? 

Tecno

Lionel Messining jamoadan ketishi haqida har xil xabarlar tarqalmoqda va PSJning Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligidan keyin ular yanada kuchayishi tabiiy.

Ba’zi insayderlarning ta’kidlashicha, argentinalik yulduz kelasi yozda klubini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti. Biroq boshqa ma’lumotlar ham paydo bo‘ldi. Messi go‘yoki yana "Barselona" libosini kiyib ko‘rishni istaydi. Gap shundaki, futbolchining o‘zi va uning oilasi hozir Parijdagidan ancha qulayroq bo‘lgan Barselona shahriga qaytmoqchi. Shu boisdan ham Leo "Kamp Nou"ga qaytishni o‘ylamoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, hammasi Kataloniya klubining to‘lov qobiliyatiga bog‘liq.

fdbdf_2

"Real" ikkita fantastik transferni amalga oshirmoqchi

Yozda "Real" klubida qayta qurish bo‘ladi. Xabarlarga ko‘ra, Madrid grandi fantastik transferlarni tayyorlamoqda. "Qirollik klubi" yarim himoyachi Jud Bellingem va hujumchi Erling Xolandni "Santyago Bernabeu"ga olib kelmoqchi. Bellingemning otasi "qaymoqranglilar" vakili bilan uchrashgani haqida xabarlar berilgandi va 19 yoshli angliyalik bilan shartnoma bo‘yicha kelishib olgani borasida ma’lumotlar bor. 

Erling Xoland bilan bo‘lgan vaziyatda kelishish yanada qiyinroq bo‘lishi mumkin. "Manchester Siti" norvegiyalik futbolchini o‘tgan yozda sotib olgandi. Biroq, "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola va Xoland o‘rtasida so‘nggi uchrashuvlarda kelishmoqchilik kelib chiqqan. "Real" Erling bilan kelishuvga erishib, uni Karim Benzemaning o‘rnini egallashiga umid qilmoqda.

fddhjfgj

Zidan klub borasida bir qarorga keldi

Zinedin Zidan ikki yillik tanaffusdan so‘ng yaqin kelajakda murabbiylikka qaytishi mumkin. Frantsiyalik mutaxassis PSJni boshqarishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan Liga 1 grandi mavsum oxirida Kristof Galte bilan xayrlashadi.

Galte qo‘l ostidagi oxirgi natijalar, ayniqsa, Evropa chempionlar ligasidagi "Bavariya"ga qarshi mag‘lubiyat Parij rahbariyatning jahlini chiqargan. PSJ rasmiylari Zidanni EChLda "Real" bilan amalga oshirgan natijalarini juda yaxshi biladi va parijliklar aynan Evropaning eng kuchli musobaqasida g‘alaba qozonishni o‘z oldiga maqsad qilgan. 50 yoshli fratsiyalik murabbiy ham bu lavozimga qiziqish bildirmoqda. 

dfdgh

 

Oybek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!