
Messi “Barsa”ning muammolarini yopib kelar edi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaga uzoq yillar etakchilik qilgan Lionel Messining ketgani salbiy ta’sir qilayotganini tan oldi.
- Lionel Messi hammani o‘z ortidan ergashtirardi. Klubning barcha muammolarini aynan u o‘zining sifatli o‘yini va samarali harakatlari bilan yopib kelgan. U zo‘r edi va g‘alaba qozonardi. Albatta, doim Leoning atrofida yaxshi futbolchilar bo‘lgan, lekin u hal qiluvchi rolni o‘ynardi. Uning fonida boshqalar undan ortda ekani ko‘rinib qoladi.
Bu tanqid emas, kuzatishlar natijasi. “Barselona”ga kelgunimga qadar ham Messining yaxshi o‘yinchi ekanini bilardim, lekin har kuni uni kuzatish o‘zgacha rohat bag‘ishlaydi. U doimo samara keltirardi va hech qanday ortiqcha harakatlari yo‘q edi, - dedi Ronald Kuman.
“Barselona” Messisiz ancha zaiflashib qolgani ko‘rinib turgan bo‘lsa, argentinalik yulduz ham PSJda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.
Fikrlar