Messi “Barselona” qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti
PSJ hujumchisi Lionel Messi “Barselona” prezidenti Joan Laporta tomonidan bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlarning birortasiga javob qaytargani yo‘q.
Kataloniya klubi argentinalik yulduzni yanvar oyida ortga qaytarmoqchi bo‘layotgan edi. Messining ular bilan aloqaga chiqmayotgani bu transferni barbod qilishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, 35 yoshli to‘purar AQSh chempionatiga yo‘l olishi kutilmoqda. Hozir Leo “Inter Mayami” vakillari bilan muzokara olib boryapti.
Avvalroq, Lionel Messi Joan Laportadan xafa ekani va ular bir yildan buyon muloqot qilmayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Messi joriy mavsumda barcha turnirlarda 17 marotaba maydonga tushib, 12 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.



Fikrlar