
Messi boshchiligidagi Argentina rekordlar arafasida
JCh-2022 saralashi Janubiy Amerika mintaqasidan o‘rin olgan Urugvay - Argentina bahsida mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shunday qilib, Lionel Skaloni boshchiligidagi jamoa 26 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bu ayni damda barcha terma jamoalari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Xabaringiz bor, jahon rekordi ketma-ket 37 ta bahsda mag‘lub bo‘lmagan Italiya terma jamoasiga tegishli. Argentina buni takrorlashi uchun yana 12 ta bellashuvda yutqazmasligi lozim.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasiga tegishli bo‘lgan eng yaxshi seriya 1991 va 1993 yillar oralig‘ida qayd etilgan. Mazkur yillar mobaynida "albisileste" 29 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagandi.
Fikrlar