
Messi bu jamoaga aniq o‘tmaydi!
Lionel Messi Qatardagi jahon chempionatida javlon urayotgan bir paytda argentinalik hujumchi kelasi mavsumni “Inter Mayami” jamoasida boshlashi haqidagi xabarlar tarqalib ketdi.
Bunga 35 yoshli futbolchining vakili Marselo Mendes munosabat bildirdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Mendes Messining AQSh chempionatiga borishi haqidagi xabarlarning barini inkor qilgan.
Messi “Inter Mayami”ga o‘tadimi? Bu yolg‘on, feyk xabar. Leoning “Inter Mayami”ga o‘tishi bo‘yicha hech qanday muzokara o‘tkazilmagan, - dedi Marselo Mendes CNN jurnalistlariga.
Lionelning PSJ bilan kelishuvi mavsum oxirida yakunlanadi. U faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi futbol muxlislarining aksariyati qiziqtiryapti.
Fikrlar