Messi: Bu oʻziga xos uchrashuv boʻladi, men hech qachon Angliya terma jamoasiga qarshi oʻynamaganman

  • 15.07.2026 16:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs uning yorqin karerasida alohida sahifa bo‘lishini ta’kidladi.

«Bu men uchun o‘ziga xos, noyob palla bo‘ladi, chunki men hali hech qachon Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushmaganman. Ular juda kuchli jamoa, katta futbol mamlakati. Bunday raqiblarga qarshi o‘yin har doim hayajonli kechadi», – deya Messining so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Argentina va Angliya terma jamoalari oxirgi bor 2005 yil 12 noyabr kuni o‘rtoqlik uchrashuvida to‘qnash kelgan. Jenevada o‘tgan o‘sha bahsda anglichanlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan. Ammo o‘sha paytda 18 yoshda bo‘lgan Lionel Messi o‘yinga jalb etilmagan edi.

Jahon chempionati–2026ning ikkinchi yarim finali Angliya – Argentina uchrashuvi bugun, 15 iyul kuni Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!