Messi fikridan qaytmadi. MYu va PSJ badal to‘lashga tayyor!
Messi “Barselona”dan ketish fikridan qaytmadi. Argentinalik hujumchi ketishiga ruxsat berishlarini so‘rab, klub rahbariyatiga rasman ikkinchi marotaba murojaat qilmoqchi. Birinchi so‘roviga rahbarlar rad javobini bergan edi.
Agar Kataloniya klubi ikkinchi murojaatdan so‘ng uning talabini qondirmasa, Messi shartnomani sud orqali bekor qilishni rejalashtirgan.
Messiga xaridor bo‘layotgan klublar orasida moddiy tomondan boshqalardan ustun bo‘lgan PSJ va MYuning imkoniyati yuqori hisoblanmoqda. Har ikki klub zarur bo‘lsa 100 million evro miqdorida xarajat qilishga tayyorligini ma’lum qildi. “Barselona” Messi transferini 700 million evroga baholagan. Lekin bu summani hech qaysi jamoa bermaydi.



Fikrlar