Messi ham oddiy odam!

  • 27 sentabr, 2021, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Pari Sen-Jermen” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning yangi a’zosi Lionel Messi  parijliklarga moslashishi kerakligini ta’kidladi.

- Biz dunyoning eng zo‘r futbolchisi haqida gapiryapmiz. Lekin Leo ham boshqalar kabi oddiy odam ekanini unutmaslik kerak. Yangi jamoaga moslashish unga vaqt kerak.

Messining oilasi yangi jamiyat va madaniyatga moslashmoqda. U o‘zini uydagidek his qilishi uchun imkon bering. Hozir uning hayotida hamma narsa yangicha.

PSJga kelganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan ishlashib ketamiz. Hozir u jamoadagi sheriklari bilan yaqinroq tanishishga harakat qilyapti. Messi biz bilan ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan,  - dedi Maurisio Pochettino.

Lionel Messi PSJ tarkibida bir necha uchrashuvda qatnashgani qaramay, biror samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!