Messi jamoasini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi

  • 24 sentabr, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Forbes nashri PSJ hujumchisi Lionel Messining kelajakdagi rejalarini oshkor qiluvchi xabarni omma e’tiboriga havola etdi. Ma’lum bo‘lishicha, argentinalik yulduz mavsum yakunlangach, jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgan.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Messi faoliyatining katta qismini o‘tkazgan “Barselona”ga qaytishni istayapti.

Avvalroq, Kataloniya klubi mutasaddilari o‘z tarixidagi eng zo‘r o‘yinchini ortga qaytarish imkoniyati borligini ma’lum qilgandi.

PSJ Messiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Lekin parijliklar bu yulduzning poytaxtda qolishiga amin emas. PSJ uchun asosiy figura Kilian Mbappe hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!