Messi jangga tayyor
“Barselona” futbolchilari ikki kunlik tanaffusdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga kirishdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda, jamoa sardori Lionel Messi ham umumiy guruhda shug‘ullangan. Argentinalik futbolchi to‘pig‘idagi kichik jarohati sabab o‘tgan tur “Eybar”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi.
“Barselona” La Ligadagi navbatdagi o‘yinini 3 yanvar kuni “Ueska”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar