
Messi: "JChdan keyin ko‘p narsalarga aniqlik kiritaman"
Argentina terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi Venesuelaga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Aytishicha, Leo Qatardagi mundialdan so‘ng faoliyatiga oid muhim qaror chiqaradi.
"Ochig‘i, oldinda meni nimalar kutib turganini bilmayman. Hozir Ekvadorga qarshi o‘yin, iyun va sentyabr oyidagi tayyorgarlik yig‘inlari haqida o‘ylayapman.
Jahon chempionati yaxshi yoki yomon o‘tishidan qat’iy nazar men ko‘p narsalarni qaytadan ko‘rib chiqmoqchiman. Bu faoliyatimdagi muhim qarorlarimdan biri bo‘ladi.
Argentina haqida gapiradigan bo‘lsam, bu erda ajoyib jamoa shakllangan. Odamlar ham meni yaxshi ko‘radi.
Har safar yurtimga kelganimda, men odamlardan minnatdor bo‘lib qaytaman. Ular meni har qanday holatda qo‘llab-quvvatlab turadi. Ayniqsa, Kopa Amerikadagi chempionlikdan so‘ng bu e’tibor yanada kuchaydi", - dedi argentinalik afsona.
Fikrlar