Messi juda yomon statistika qayd etmoqda
Frantsiya chempionati 18-turida PSJ o‘z maydonida "Monako" ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.
Parijliklar hujumchisi Lionel Messi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi golga assistentlik qildi. Uning uzatmasidan so‘ng Kilian Mbappe darvozani ishg‘ol etdi.
Joriy mavsum 34 yoshli hujumchi Liga 1 doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, atigi bir marta darvozani ishg‘ol etdi. Shu tariqa, argentinalikning ichki birinchilikdagi golsiz seriyasi ketma-ket to‘rtta o‘yinga cho‘zildi.
Umumiy hisobda, 34 yoshli Messi raqiblari darvozalariga 39 bor zarba yo‘lladi.



Fikrlar