Messi karantindan keyin avvalgi sport formasini yo‘qotdimi?
"Barselona" forvardi Lionel Messi uzoq davom etgan karantin uning sport formasiga ta’sir qilmaganini aytdi.
“Jismoniy tomondan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. O‘tgan vaqt mobaynida men uyda shug‘ullandim va bu menga sport formamni saqlab turishimga yordam berdi. Bunday cheklovlarga chidash juda qiyin, lekin Antonela va bolalarim yonimda bo‘lgani uchun vaqt zavqli o‘tdi”, - deydi 32 yoshli argentinalik futbolchi.
Messi so‘nggi marta 7 mart kuni maydonga tushgan edi. U bu mavsum 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 24 ta gol hamda 16 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar