
Messi kimlardan “qarzdor” ekanini aytdi
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi professional faoliyatini yo‘lga qo‘yishida unga kimlar ko‘maklashgani va ta’sir o‘tkazgani haqida gapirdi.
Ma’lumki, argentinalik yulduz faoliyatining asosiy qismi “Barselona”da o‘tgan. 2021 yili Messi Kataloniyani tark etishiga to‘g‘ri keldi. Keyinchalik ikki mavsum PSJda to‘p tepdi va 2023 yili yozda “Inter Mayami”dan qo‘nim topdi.
- Men har doim ta’kidlab kelganimdek, birinchi kirgan kiyim almashtirish xonasi juda boshqacha bo‘lgan. O‘shanda Ronaldino, Deku, Silvino, Xavi, Inesta va Puyol meni qanday kutib olishganini hali hamon unuta olmayman.
Nomdor o‘yinchilar bor edi, jamoa haqiqatan afsonaviy edi. Biz uzoq yillik tanaffusdan keyin ilk bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqdik.
Bosh murabbiy Frank Raykard menga ishonch bildirib, jamoaning bir bo‘lagiga aylantirgani ajoyib ish bo‘lgan. Men haqiqatan futboldan rohat olardim, - dedi Lionel Messi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi “Barselona”dagi debyutini 2003 yilning 16 noyabr kuni “Portu”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida nishonlagan.
Fikrlar