
Messi “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar! Ronaldu esa armonda...
Goal.com portali 2021 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, “Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilar reytingini yangiladi.
Ushbu ro‘yxatda Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi asosiy da’vogar sifatida qayd etilgan. Hozirgi paytda argentinalik yulduz erkin agent hisoblanadi. Messi faoliyati davomida "Oltin to‘p" sovrini olti marotaba qo‘lga kiritgan va bu borada yaqqol rekordchi hisoblanadi.
“Oltin to‘p”ga da’vogar futbolchilar orasida kuchli uchlikka “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski va “Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante kiritilgan.
Krishtianu Ronaldu bu reytingda beshinchi pog‘onada qayd etilgan va amalda sovringa da’vogarlik qilolmaydi.
Kuchli o‘nlik esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Lionel Messi (“Barselona”, Argentina);
Robert Levandovski (“Bavariya”, Polsha);
N'Golo Kante (“Chelsi”, Frantsiya);
Romelu Lukaku (“Inter”, Belgiya);
Kilian Mbappe (“Pari Sen-Jermen”, Frantsiya);
Kevin De Bryoyne (“Manchester Siti”, Belgiya);
Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya);
Raxim Sterling (“Manchester Siti”, Angliya);
Erling Xoland (“Borussiya D”, Norvegiya);
Neymar (“Pari Sen-Jermen”, Braziliya).
Fikrlar