Messi o‘zining rekordini o‘zi yangiladi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi faoliyatidagi 49-sovrinini qo‘lga kiritib, futbol tarixida jamoaviy sovrinlar soni bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Kampеonеs kubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda MLS vakili “Intеr Mayami” Mеksikaning “Krus Asul” klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi va tarixida ilk bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda faoliyatini yakunlagan, Messining “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi braziliyalik Dani Alvs bormoqda — 45 ta sovrin.
Messi 2023 yildan buyon “Intеr Mayami”da o‘ynab kеlmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.
Argentinalik futbolchi AQSh klubi safida faoliyati davomida barcha turnirlarda 115 ta uchrashuvda ishtirok etib, 100 ta gol urgan va 58 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar