Messi “Real” afsonasini rosa maqtadi

  • 5 avgust, 2020, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Barselona”ning azaliy raqibi – “Real”ning afsonaviy darvozaboni Iker Kasilyasning faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.

Tecno

- Iker faoliyatini hozir yakunlayotgan bo‘lsa-da, futbol tarixidan ancha yillar muqaddam muqim joy olib bo‘lgan. Bu La Ligada eng zo‘r darvozabon bo‘lganidan emas, balki xalqaro miqyosda barcha sovrinlarga ega chiqqanidan, - dedi Messi.

Shuningdek, Leo Kasilyas darvozasini ishg‘ol qilishga qiynalganini ham tan oldi.

- Iker sen zo‘r darvozabonsan, senga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lganini tan olaman. Ortga qarab, raqobat qilgan paytlarimiz har gal o‘z imkoniyatlarimizni oshirib borishga xizmat qilganini anglayman, - dedi “Barselona” sardori.

O‘z navbatida, jahon va Evropa chempioni, Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan Iker Kasilyas avvaldan Lionel Messi haqida doim yaxshi fikrlarni bildirgan. U argentinalik to‘purarni o‘ziga qarshi o‘ynagan eng zo‘r futbolchi, deb hisoblagan.

unnamed_42

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!