
Messi uch yildan buyon qila olmagan ishini uddaladi
Hujumchi Lionel Messi faoliyati davomida 13 mavsum 10 ta gol va 10 ta assist amalga oshirgan.
PSJning 35 yoshli futbolchisi Liga 1 doirasidagi "Tuluza"ga qarshi o‘yinda jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Argentinalik futbolchi 2019/2020 yilgi mavsumdan beri ilk marotaba gol+pas tizimida 10+10 ochko ishlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘sha mavsum Leo "Barselona" safida 25 ta gol hamda 23 ta assist muallifiga aylangan.
Unga qadar Messi 2009/10 yilgi mavsumdan buyon har yili ushbu ko‘rsatkichni qayd etib kelgan.
Fikrlar