Messi va Neymar borasidagi xabarlar yolg‘on!
Lionel Messi va Neymarning PSJdan ketishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmadi.
Avvalroq, argentinalik futbolchining o‘zi jamoani o‘zgartirish haqida o‘ylayotgani, klub rahbariyati esa braziliyalikdan qutulmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Biroq jurnalist Adrien Grenega ma’lum bo‘lishicha, ikkala futbolchi ham Parij klubini tark etishni rejalashtirmayapti.
34 yoshli Messi 2021 yilning avgust oyidan buyon PSJ safida to‘p surib kelmoqda va u o‘tgan davr mobaynida 25 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.
30 yoshli Neymar esa 2017 yildan buyon parijliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsumda 19 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar