Messi zo‘rmi yoki Mbappe? PSJ ustozi bu savolga javob berdi

  • 9 mart, 2022, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa hujumchilari Lionel Messi va Kilian Mbappe haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Menimcha, Messi - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U etti marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Uning ortidan Mbappe kabi o‘yinchilar kelyapti. Kilian eng yaxshi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda. U dunyoning eng yaxshilaridan biri", - dedi argentinalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Messi joriy mavsum PSJ safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urdi. 23 yoshli Mbappe esa 35 ta o‘yinda 24 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!