Messidan zo‘r pleymeyker bor ekan...

  • 4 yanvar, 2024, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 2023 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng zo‘r pleymeykerlari reytingini tuzdi.

Ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rin “Manchester Siti” futbolchisi Kevin de Bryuynega tegdi. Belgiyalik pleymeyker reytingda sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan  Lionel Messini ortda qoldirdi.

Uchinchi o‘rin “shaharliklar”ning yana bir vakili Bernardu Silvaga nasib qildi.

Reytingning dastlabki o‘n pog‘onasidan yuqoridagi uch futbolchidan tashqari Jud Bellingem (“Real”), Martin Edegor (“Arsenal”), Jamol Musiala (“Bavariya”), Toni Kroos (“Real”), Pedri (“Barselona”), Federiko Valverde (“Real”) va Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”) o‘rin egalladi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!