Messiga maqtov yoqarkan

  • 21 dekabr, 2020, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sardori Lionel Messi Pelega murojaat yo‘lladi. Avvalroq, futbol qiroli bir jamoa safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘ziga etib olgan argentinalik hujumchini bu natija bilan tabriklagan va uni maqtagan edi.

Tecno

- Pele, men sizning iliq gaplaringizdan mamnunman. Menga juda yoqdi. Bu gaplarni buyuk futbolchi aytgani men uchun juda ahamiyatli. Sizni bag‘rimga bosaman, - deb yozadi Messi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumki, Pele “Santos” tarkibida, Messi esa “Barselona” safida raqiblar darvozasiga 643 tadan gol urgan. Albatta, bu rekordni Messi yana yangilashi va yaqqol peshqadamga aylanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!