
Messini 2026 yilgi jahon chempionatida ko‘ramizmi? Leoning o‘zi javob berdi
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Jurnalistlar sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibidan bu haqda so‘rashdi.
- 2026 yilgi jahon chempionatida qatnashamanmi? 2025 yil endi boshlandi. Men ham uni katta ishtiyoq va ulkan orzular bilan boshladim.
Rasmiy uchrashuvlarga yuqori sport formasida bo‘lish uchun tayyorgarlik mashg‘ulotlarini juda yaxshi darajada o‘tkazishdan va o‘zimni tetik his qilishdan umidvorman, - dedi argentinalik yulduz.
Joriy mavsumda Messi jami 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, 21 ta gol va 18 ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirida tugaydi. Ayni paytda “Inter Mayami” rahbariyati 37 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.
Fikrlar