Messini endi “Barsa”da ko‘rmaymiz!

  • 28 yanvar, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi faoliyatining katta qismini o‘tkazgan “Barselona”ga qaytmoqchi emas. Taniqlik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, argentinalik yulduz hali ham Joan Laporta boshchiligidagi klubning hozirgi rahbariyatidan xafa.

Tecno

Romano Messi hamon “Barselona”ni yaxshi ko‘rishi, lekin rahbariyat munosabatlar unga Kataloniyaga qaytish imkoniyatlarini yopganini ta’qidlamoqda. Leo hali ham klubni tark etgan vaziyatni afsus bilan eslaydi.

Hozirgi vaziyatda amaldagi jahon chempioni uchun eng optimal variant Parij klubi bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘lib turibdi.

PSJ eng mashhur o‘yinchisiga kamida ikki yillik shartnoma berib, maoshini oshirish orqali uni ushlab qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!