Messining boshqa o‘yinchilardan qanday farqi borligi aytildi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker PSJ forvardi Lionel Messi haqida fikr biddirdi.
- Maydonni o‘ta keng darajada ko‘ra olish va juda qulay pas berish qobiliyati Lionel Messining boshqa o‘yinchilardan ajratib turadigan eng asosiy xususiyatdir. Shundan kelib chiqib, uning gollari va assistlari soni ko‘p.
Bundan tashqari argentinalik yulduz g‘aroyib driblingga ega ekanini ham aytib o‘tish shart, - dedi Gari Lineker.
Messi klublar miqyosida jam 828 ta uchrashuvda 694 ta gol va 330 ta assist qayd etgan. Shuningdek, Argentina terma jamoasida 164 ta o‘yinda o‘z hisobiga 90 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar