Mesut O‘zil yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi!

  • 14 iyul, 2022, 11:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid, "Arsenal" kabi jamoalar sobiq futbolchisi Mesut O‘zil "Fenerbaxche"dan ketgani haqida ma’lumot bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi yangi klubi bilan kelishuvga erishdi. 

33 yoshli iste’dod egasi Istanbulning boshqa jamoasi safida to‘p tepadi. U "Istanbul Bashakshehir" klubi bilan shartnoma imzolagani aytilmoqda.

Mesut "Fenerbaxche"dan bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Ismoil Kartal bilan mojaro tufayli tark etgan. Yangi murabbiy Xorxe Jezus ham uni o‘z rejalariga kiritmagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!