"Metallurg" bosh murabbiyi: "Rosti, mehmonlar sardori nega chetlatilganini tushunmadim"

  • 16 aprel, 2023, 23:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Metallurg» – OKMK (2:0) jamoalari uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Uchrashuvni raqib kutmagan tarzda shiddatli boshladik, - deya gap boshladi, Steshevich. - O‘yin boshidayoq yaxshi vaziyatlar yaratdik. Gol urishimiz ham mumkin edi. Darvoza ustuni raqibning joniga oro kirdi. Raqib o‘yinchisi chetlatilgan holatgacha ham biz ustunlikka ega bo‘lib turgandik. Rosti, mehmonlar sardori nega chetlatilganini tushunmadim. Qaysidar jamoaning maydonda kamchilik bo‘lib qolishini to‘g‘risi yoqtirmayman. Shuningdek, menga birinchi taymda kiritgan golimizni ham nega hisoblashmaganligi noma’lumligicha qoldi.

Biz bundan oldingi Kubok uchrashuvina aynan derbi uchun qurbon qilgandik. Bugun qarorimiz to‘g‘ri bo‘lganligiga yana bir bor ishonch hosil qildik. Asosiy tarkibni asraganligimiz bugun o‘z so‘zini aytdi.

-  Yangi klubingizdagi faoliyatingizni ikkita during bilan boshlagandingiz. Mazkur uchrashuv oldidan shogirdlaringizga qanday ko‘rsatmalar bergandingiz?

-  Menda futbolchilar bilan muloqot qilish uchun vaqt etarli bo‘ldi. Ularning imkoniyatlarini sinchkovlik bilan kuzatdim. Qolaversa, yigitlar viloyat derbisini yutishni juda istashayotganligini ko‘rdim. Menimcha, bundan ortiqroq motivatsiya bo‘lmasa kerak. Futbolchilarimiz o‘zlarining potentsial imkoniyatlarini to‘liq namoyish etishdi. Yanada ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Bu futbol. Aksi ham sodir bo‘lishi ehtimoli yo‘q emasdi. Yangi jamoani qabul qilib olganimdan so‘ng juda ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Ularni o‘rganishga, tahlil etishga ham ulgurdim. Birinchi uchrashuvga nisbatan menda tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt etarli bo‘ldi.  Afsuski, endi ritmga kirib borayotgan paytimizda ba’zi o‘yinchilarimiz terma jamoalarga jalb etilyapti. Bu albatta klubdagi ishlarimizga o‘zgartirishlar kiritishimizga olib keladi.

-  Ayrim o‘yinchilar – xususan Zabixillo O‘rinboev hamda Marko Obradovichlarning jismoniy holati haqidagi fikringizni bilmoqchi edik. Ular charchab qolishmadimi, bugun?

-  Bu savol sizda nima uchun tug‘ilganini bilmayman. Zabihilloning maydonda bajarayotgan ish hajmini tasavvur qilyapsizmi? O‘rinboevdagi foydali ish koeffitsienti juda yuqori. Tabiiyki, o‘yin oxiriga kelganda toliqish bo‘ladi. Biroq shogirdlarimning jismoniy tayyorgarligidan ko‘nglim to‘q. Ayniqsa, Zabihilloning jamoamizdagi etakchilik rolini alohida e’tirof etgan bo‘lardim.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!