
"Metallurg" "Dinamo" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning «Metallurg» jamoasi o‘z tarkibini hujumkor yarim himoyachi Ixtiyor Toshpo‘latov bilan to‘ldirdi. O‘tgan mavsum Samarqandning "Dinamo" jamoasida to‘p surgan Toshpo‘latov bekobodliklar bilan kelishuvga erishdi va "Metallurg" yig‘iniga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Ixtiyor Toshpo‘latov 2019 yilgi mavsumda «Dinamo» safida Superliganing barcha 26 o‘yinida ham maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar