"Metallurg" klubiga Ispaniyadan yana yangi murabbiy keldi

  • 27 iyul, 2022, 23:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” PFK murabbiylar shtabida ispaniyalik mutaxassislar soni yana bir kishiga ko‘paydi. Iyul oyining boshida bosh murabbiy Luisma Ernandesga falsafa fanlari doktori Roberto Ovexero yordamga kelganligi haqida xabar bergandik.

Mazkur haftadan e’tiboran xorijlik mutaxassislarimiz soni uch kishiga etdi. Endilikda Viktor Martin Alba ham “Metallurg” PFK asosiy tarkibining Superliga bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etishiga mas’ul hisoblanadi.

met ispan

Viktor Martin Alba 30 yoshda. 1992 yilning 30 avgust sanasida tavallud topgan. Madrid universitetini tamomlagach, “Real” (Madrid) klubida ish boshlagan. Roberto Ovexero bilan birgalikda “qirollik klubi”ning S hamda V ligalardagi jamoalarida Antonio Kalderon, Santyago Solari, Tristan Selator, Pedro Sanches singari murabbiylar bilan birga faoliyat yuritgan. Ikkinchi dvizionda “Ovedo” jamoasida bosh murabbiy Fernando Yerroga yordam berishgan, - deya xabar tarqatdi "Metallurg" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!