
"Metallurg" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Shota Arveladze: Raqib kutganimdan hujumkorroq o‘ynadi
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Metallurg" bilan bahsdan keyin matbuot anjumanida bellashuv xususida fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yinni yaxshi boshladik. Ushbu mavsumda eng yaxshi birinchi bo‘limimizni o‘tkazdik, deb aytsam bo‘ladi. Ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Bahsni to‘liq nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda esa uchinchi gol urilgandan keyin hushyorlik va tartibni yo‘qotdik. Natijada to‘p o‘tkazib yubordik. Ushbu bellashuvda ham ba’zi xatolarni ko‘rdik. Demak, mashg‘ulotlarda ishlashda yanada ko‘proq ishlashimiz uchun asoslar etarli. Raqib esa kutganimdan hujumkorroq futbol o‘ynadi. Ularning chuqur himoyada o‘ynashlarini kutgandim. "Metallurg" hujumkor futbol o‘ynashga intilmoqda, bu muxlislar uchun yoqimli. Bizda ba’zi vaziyatlarda qarshi hujumlarga o‘tish imkoniyati yuzaga keldi.
Derdiyokni debyut goli bilan tabriklayman. U chiroyli gol urdi. Undan keyingi o‘yinlarda ham samarali harakatlar kutamiz. Barchani chiroyli g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Arveladze.
Fikrlar