"Metallurg"ning o‘yini bekor qilindi

  • 23 yanvar, 2021, 07:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” klubi ham reja asosida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazib kelmoqda. Shu bilan birga nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi ham mo‘ljallab qo‘yilgandi.

Unga ko‘ra, bekobodliklar bugun “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushishlari lozim edi. Biroq qor yog‘ib noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelgani sababli ikkala jamoa o‘zaro kelishgan holda ushbu o‘yinni bekor qildilar.

Yaqinda “Metallurg”ga hujumchi Shahzod Nurmatov qaytgani xususida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, u bekobodliklar bilan kelishuvga erishgan va yangi mavsumda “Metallurg” sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!