
Meyvezer Konorga qarshi revansh va MMAda jang qilishi haqidagi savollarga javob berdi
5 vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer ringga qaytishi mumkinligining tafsilotlari haqida gapirdi.
"Biz hozir Tokiodagi jangning ba’zi masalalari ustida ish olib bormoqdamiz. Ushbu musobaqa 2020 yoki 2021 yilda bo‘lishi ham noma’lum.
Men MMA qoidalari asosida jang qilmayman. Bu aniq. Konorga qarshi revansh deysizmi? Nafaqaga chiqqanman va bundan baxtliman," - dedi Meyvezer.
Avvalroq, bokschi Rizin promousheni bilan hamkorlikda jang qilishini e’lon qilgandi.
Fikrlar