
Meyvezer yoki Pakyao? Iqtidorli bokschimiz Adhamjon Muhiddinovdan oqilona javob
Jang loyihasining navbatdagi mehmoni umidli bokschimiz Adhamjon Muhiddinov bo‘ldi.
U ham Pakyao va Meyvezer o‘rtasida o‘zini tanlovini ma’lum qildi.
- "Bu boks olamining daho vakillari, bir necha vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritganlar. Ular o‘rtasida tanlov juda qiyin. Har ikkisini o‘ziga xos boks uslublari bor va ularning ringdagi harakatlarini ko‘rish har doim istalgan boks muxlisiga zavq bag‘ishlaydi. Men ularning janglarini ko‘rib, katta bo‘ldim. Ikkisidan birini ustun qo‘ya olmayman. Kim kuchli degan savolga, men har ikkisi deya javob beraman", - dedi Ahmadjon.
Fikrlar