Mikael Sekeyra: "Darvozamiz tomon belgilangan penalti meni o‘ylantirmoqda"

  • 22.09.2021 13:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 19-turida “Bunyodkor” “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda iroda namoyish etib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldi.

Natijada temiryo‘lchilar tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqarib yubordilar. O‘yindan keyin “Loko” ustozi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini bildirdi:

- Birinchi taymda ikki jamoa teng o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi taymda yaxshi natija ko‘rsatishga urindik.

Darvozamiz tomon belgilangan penalti meni o‘ylantirmoqda. Hali o‘yinni ko‘rib chiqsak, bir xulosaga kelamiz.

Penalti o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Jamoamizning kayfiyati tushib ketdi va “Bunyodkor” yutdi, - dedi Sekeyra.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!