
"Milan", "Arsenal" va "Lester" Norvegiya terma jamoasi futbolchisi uchun kurash boshladi
Shotlandiyaning "Seltik" klubi va Norvegiya terma jamoasi himoyachisi Kristofer Ayer faoliyatini Anglich yoki Italiyada davom ettirishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi uchun "Milan", "Arsenal" va "Lester" klublari da’vogarlik qilishmoqda.
Ayer joriy mavsum “Seltik” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transferi esa 2,7 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar