"Milan" A Seriya tarixidagi eng yosh debyutantni jamoada olib qolmoqchi

  • 28 may, 2024, 01:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

16 yoshli hujumchi Franchesko Kamarda "Milan" bilan shartnomasini uzaytiradi.

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, qaror allaqachon qabul qilingan, futbolchi va klub vakillari yaqin vaqt ichida shartnoma imzolash uchun uchrashadilar.

"Milan"ning hujumchi bilan amaldagi shartnomasi yozgacha mo‘ljallangan. Shu tariqa, Kamarda erkin agent sifatida klubni tark etmaydigan bo‘ldi.

2023 yilning noyabr oyida Franchesko Kamarda A Seriya tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. O‘shanda "rossoneri" hujumchisi 15 yosh-u 260 kunlik edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!