
"Milan" bilan kelisha olmayotgan Donnarumma uchun APL grandi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma "Chelsi"ning yozgi transferlardagi asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Eurosport xabar bermoqda.
Aytish lozimki, Italiya terma jamoasi posbonining “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi va u hozircha ushbu kelishuvni uzaytirgani yo‘q. O‘z navbatida "Milan" Donnarummaga yiliga 7,5 million evro maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Ammo futbolchining agenti Mino Rayola milanliklardan mijoziga yiliga 10 million evro maosh va qisqa muddatli shartnoma talab qilmoqda.
Donnarumma uchun “Chelsi”dan tashqari PSJ ham asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.
Fikrlar