"Milan" bosh murabbiyi "Verona" bilan durangdan so‘ng nimalar dedi?
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya 22-turi doirasida "Verona" bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz ochko yo‘qotishga munosib edik, chunki "Verona"ga olti marotaba darvozamizga zarba berish imkoniyatini yaratib berdik. Ehtiyotkorlik bilan o‘ynay olmadik.
Birinchi taymda vujudga kelgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Son jihatidan ustun bo‘lganimizda esa, tartibli o‘yin namoyish eta olmadik", - deydi bosh murabbiy o‘yindan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" o‘yinning 68-daqiqasidan boshlab son jihatidan ustunlik qila boshladi. "Verona" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat xakam tomonidan qizil qartochka bilan jazolanib maydonni tark etdi.

Fikrlar