"Milan" Chalxanogluga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 28 iyun, 2020, 14:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu tez orada klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Sakira xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 26 yoshli turk futbolchisiga 3 yillik shartnoma taklif qilishadi. Tomonlar yangi oyda bu borada muzokaralarni boshlashadi.

Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!