“Milan” “Chelsi” darvozabonini sotib olmoqchi

  • 30.12.2022 22:31
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Milan” futbolchisi Menyan jaroxat olib, safdan chiqqanidan keyin klubga yangi darvozabon kerak.

“Corriere della Sera” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Italiya klubi “Chelsi” posboni Eduard Mendi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashni o‘ylamoqda.

“Aristokratlar”ning yangi murabbiyi Grem Potter Kepaga ishonch bildirmoqda va senegallikning maydondagi daqiqalari kamayib ketdi. Shu sababli, u boshqa klubga o‘tishga rozi bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mendining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!