"Milan" "Chelsi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 4 oktabr, 2022, 16:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, Hakim Ziesh Londonning "Chelsi" klubidan "Milan"ga o‘tishi mumkin.

Qayd etilishicha, Italiyaning amaldagi chempioni rahbariyati anchadan beri marokashlik pleymeyker xizmatiga qiziqib kelgan, biroq futbolchining yuqori maoshi transferga to‘sqinlik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, "Ayaks"dan o‘tgandan so‘ng Ziesh "aristokratlar" safida o‘z o‘rnini topa olmadi. Joriy mavsumda Hakim barcha musobaqalarda atigi 116 daqiqa maydonda harakat qildi. Yarim himoyachi “Chelsi” libosida Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!