
"Milan" forvardi uchun yana bir ispan klubi kurashga qo‘shildi
"Milan" forvardi Suso uchun yana bir klub kurashga qo‘shildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ispaniyalik futbolchi uchun "Atletiko", "Valensiya" va "Xetafe" klublari ortidan "Sevilya" ham kurashga qo‘shilgan. Andalusiyaliklar sport direktori Ramon Monchi allaqachon ushbu transfer bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, Suso joriy mavsum “Milan” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi 30 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar