"Milan" futbolchisi "Barsa" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

  • 22 mart, 2022, 13:06
  • 0
  • Futbol

"Milan" futbolchisi Frank Kesse "Barselona" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. U Shveytsariyaning Lugano shahrida tekshiruvdan o‘tgan, deb xabar berdi taniqli insayder Janluka Di Martsio.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ispan klubi bilan yiliga 6,5 million evrolik maoshga rozi bo‘lgan. Shartnoma hafta oxiriga qadar imzolanishi kutilmoqda.

Kesse "ko‘k-anorranglilar" bilan kelishuvga erishsa, mavsum yakunigacha "Milan" safida to‘p tepadi. So‘ng yozda u erkin agent sifatida "Barselona" tarkibiga kelib qo‘shiladi. 

Statistikaga ko‘ra, Frank Kesse joriy mavsum A Seriyaning 23 bahsida 5 ta gol kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!