"Milan" futbolchisi PSJga o‘tmoqchi

  • 24 yanvar, 2020, 18:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" yarim himoyachisi Lukas Paketa murabbiylar shtabidan kichik jarohat sabab "Breshiya"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmasliklarini so‘ragan.

Tecno

Ammo Football Italia nashriga ko‘ra, ushbu talab jarohat bilan emas, balki futbolchining boshqa klubga o‘tish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik faoliyatini PSJda davom ettirish istagida. Bu transfer amalga oshishida, hozirda PSJ direktori lavozimidagi Leonardo ko‘mak berishi mumkin. Ayni shu mutahassis uni "Milan"ga olib kelgan edi.

Biroq ushbu transfer bo‘yicha ikkala klub kelishuvga erishishi qiyin, deyiladi Corriere della Sera nashri manbasida. Chunki PSJ Paketa uchun 22 million evro taklif qilmoqda, "Milan" esa yarim himoyachi transferidan 35 million evro ishlab olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!