"Milan" futbolchisi Ronalduning A Seriyadagi rekordini yo‘qqa chiqardi

  • 12 may, 2021, 17:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 35-turidan o‘rin olgan "Yuventus" va "Milan" (0:3) jamoalari bahsida "rossonerilar" himoyachisi Fikayo Tomori bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Tecno

E’tiborlisi, 23 yoshli angliyalik futbolchi zarba berish uchun 2 metr 63 santimetr balandlikka sakradi. Bu A Seriyadagi yangi rekord hisoblanadi. Bungacha ushbu rekord “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Portugaliyalik futbolchi "Sampdoriya"ga qarshi bellashuvda 2 metr 54 santimetr yuqoridan boshi bilan zarba yo‘llab gol urgan.

Tomori asli “Chelsi” futbolchisi hisoblanadi. U mavsumni “Milan” safida ijara asosida o‘tkazmoqda. U bu mavsum “rossonerilar” tarkibida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

“Milan” 35 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Yuventus” esa 5-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu jamoalar orasidagi farq 23 ochkoni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!