"Milan" Gollandiyadan o‘ziga zo‘r futbolchi topdi. Uni "yangi van Bommel" deyishmoqda

  • 03.04.2020 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gollandiyaning "AZ Alkmaar" klubi yarim himoyachisi Ten Kopmeyners "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tuttosport nashrining yozishicha, “rossonerilar” “yangi van Bommel” deya e’tirof etilayotgan 22 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatishmoqda.

Kopmeyners joriy mavsum "AZ Alkmaar" safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!