
"Milan" hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi "Milan" forvardi Patrik Kutronega qiziqib qoldi. Bu haqda Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” 21 yoshli italiyalik futbolchi uchun “rossonerilar”ga 35 mln evro taklif qilishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kutrone “Milan” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 40ta uchrashuvda ishtirok etdi va 9ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar