"Milan" Ibragimovich o‘rniga nomzod topdi

  • 5 aprel, 2020, 17:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" forvardi Arkadiush Milik faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, polshalik forvard milanliklarning asosiy tarkib hujumchisi bo‘lishga va yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Zlatan Ibragimovich o‘rnini to‘ldirishga nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

"Milan" 20 yoshli Rafael Leaoga pul tikishni ham rejalashtirgan, ammo jamoaga tajribali hujumchi ham kerak.

Ma’lum qilinishicha, Neapol klubi Milikni 40 mln evroga sotib yuborishga tayyor. Shu qatorda, klub va futbolchi o‘zaro yangi shartnoma borasida kelisha olishmayapti. Amaldagi bitim esa 2021 yili o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli forvard A Seriyaning joriy mavsumida 16 ta bahs o‘tkazib, 9 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!