
"Milan" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi
Zagrebning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Dani Olmo “Milan”ga o‘tishga juda yaqin turibdi.
Sportske Novosti nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “rossonerilar” 21 yoshli futbolchi uchun jami 25 mln evro to‘laydi. Shundan 5 millioni bonusi hisobida beriladi.
Olmoning o‘zi esa “Milan” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Olmo joriy mavsum “Dinamo” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar